Janubiy Koreyaning “IKC Construction” kompaniyasi vakillari bundan avval vohada qurilish materiallari va polietilen paketlar ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish boʻyicha kelishuvga erishgan edi.
Surxondaryo viloyati hokimi Ulugʻbek Qosimovning kompaniya rahbari Seog Gi Son bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvida loyihani amalga oshirish boʻyicha olib borilayotgan ishlar, yangi kompaniyani tashkil etish, xorijiy sarmoyani jalb qilish orqali investitsiya kiritish masalalari muhokama qilindi.
Umumiy maydoni 9,8 gektar maydonda amalga oshirilishi rejalashtirilgan ushbu loyihaning yillik ishlab chiqarish quvvati 100 ming tonna mahsulot boʻlib, qurilish ishlarini joriy yilda boshlash rejalashtirilgan.