Fransiya qurolli kuchlari va Xitoy xalq ozodlik armiyasi harbiy hamkorlikning yangi mexanizmini yaratdi. Bu haqda «South China Morning Post» nashri xabar berdi.
«Ikki davlat harbiy-dengiz kuchlari oʻrtasidagi hamkorlik oʻzaro ishonch va hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga, shuningdek, mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni birgalikda himoya qilishga xizmat qiladi», — deb yozadi nashr Xitoy mudofaa vazirligiga tayanib.
Shartnomani 25-aprel kuni Xitoy xalq ozodlik armiyasi Janubiy teatri qoʻmondoni general Van Syubin hamda Tinch okeani va Fransiya Polineziyasi dengiz zonalari qoʻmondoni kontr-admiral Joffrua dʻ Andin imzoladi.
Taʼkidlanishicha, bunday mexanizm yaratilishi Janubiy Xitoy dengizidagi keskinlik kuchayib borayotgani sababli amalga oshirilmoqda.