Sankt-Peterburgda (Rossiya) Oʻzbekiston fuqarosidan qurol ishlatib pul undirishdi. Bu haqda Fontanka xabar bermoqda.
Voqea 23-aprel kuni soat 17:00 atrofida sodir boʻlgan. Toʻrt nafar nomaʼlum shaxs 23 yoshli oʻzbekistonlik yigitni “Hyundai Solaris” rusumli avtomashinaga majburan oʻtqazgan.
“Erkaklar pichoq va toʻpponcha bilan qurollangan boʻlgan, shuning uchun yosh oʻzbekistonlik ular bilan bahslashishga jurʼat eta olmadi. Mashinada undan 800 ming rubl talab qila boshlashgan. Jabrlanuvchida bunday pul yoʻq boʻlgan. U nomaʼlum shaxslarga naqd 20 ming rubl berib, yana 40 mingni kartaga oʻtkazgan”, — deyiladi xabarda.
Shundan soʻng qurollangan hujumchilar yigitning telefonini 60 ming rublga olib, nomaʼlum tomonga olib ketishgan.
Nashrning taʼkidlashicha, yigitni faqat soat 23:00 da Lomonosovskiy tumanidagi Novosele qishlogʻi yaqinida qoʻyib yuborishgan.
Huquq-tartibot idoralari xodimlari ikki nafar gumonlanuvchini qoʻlga oldi. Ular Qirgʻiziston fuqarolari boʻlib chiqdi.
Huquq-tartibot idoralari xodimlari tegishli protokollarni tuzib, hujum qilganlarni qamashgan.