Toshkent shahrida ijara narxlari pasayishda davom etmoqda

Toshkent shahrida ijara narxlari pasayishda davom etmoqda

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti mutaxassislari 2024-yilning mart oyida Toshkent shahrida uy-joylar uchun taklif etilgan ijara narxlarini tahlil qildi.

Toshkent shahrida ijara narxlari pasayishda davom etmoqda. 2024-yilning mart oyida poytaxtda o‘rtacha ta’mirlangan xonadonlarning ijara narxlarida fevral oyidagiga nisbatan o‘rtacha 0.61foiz, to‘liq ta’mirlangan uy-joylarning ijara narxlarida esa o‘rtacha 0.76 foiz tushish kuzatildi.

O‘rtacha ta’mirlangan uy-joy ijarasi. 2024-yilning mart oyida o‘rtatacha ta’mirlangan 1 xonali xonadonlar uchun taklif etilgan ijara narxlari o‘tganning fevral oyidagiga nisbatan o‘rtacha 0,6 foiz pasayib, 391 AQSH dollarini tashkil etgan bo‘lsa, 2 xonali xonadonlar uchun ijara narxlari 1.2 foiz arzonlab, o‘rtacha 436 dollargacha pasaydi. Shuningdek, o‘rtacha ta’mirlangan 3 va 4 xonali uylar uchun ijara narxlari mos ravishda 0.2 foiz va 0.4 foizga pasayib, o‘rtacha narxlar 513 dollar va 591 dollarni tashkil etdi.

O‘rtacha ta’mirlangan uylar uchun nisbatan arzon ijara narxlari Sergeli (1 xonali – 354 dollar, 2 xonali – 386 dollar ,3 xonali – 435 dollar, 4 xonali – 441 dollar), Olmazor (1 xonali – 359 dollar, 2 xonali – 414 dollar, 3 xonali – 454 dollar, 4 xonali – 489 dollar) tumanlarida taklif etilgan bo‘lsa, ushbu turkumdagi eng qimmat ijara narxlari Mirobod (1 xonali – 463 dollar, 2 xonali – 518 dollar, 3 xonali – 620 dollar, 4 xonali – 819 dollar) va Shayhontohur (1 xonali – 437 dollar, 2 xonali – 456, 3 dollar xonali – 537 dollar, 4 xonali – 624 dollar) tumanlarida kuzatildi.

To‘liq ta’mirlangan uylar uchun ijara narxlari. Mart oyida to‘liq ta’mirlangan 1 xonali uylar uchun o‘rtacha ijara narxlari 472 dollarni tashkil etgan. Bu o‘tgan yilning fevral oyidagiga nisbatan 0,8 foiz past. Bu ko‘rsatkichlar 2 xonali uylar uchun mos ravishda 644 dollar va 1,1 foizni tashkil etgan. Shuningdek, 3 xonali uylar uchun taklif etilgan o‘rtacha ijara narxlarida (788 dollar) ham biroz (0,3 foiz) tushish kuzatildi. Shuningdek, t ta’mirlangan 4 xonali uylar uchun o‘rtacha ijara narxlari ham 0.9 foiz tushib, 909 dollargacha pasaygan.

To‘liq ta’mirlangan uylar uchun eng arzon ijara narxlari Sergeli (1 xonali – 394 dollar, 2 xonali – 449 dollar, 3 xonali – 556, dollar 4 xonali – 646 dollar) va Uchtepa (1 xonali – 396 dollar, 2 xonali – 496 dollar, 3 xonali – 622 dollar, 4 xonali – 646 dollar) tumanlarida, eng qimmat ijara narxlari Mirobod (1 xonali – 567 dollar, 2 xonali – 844dollar, 3 xonali – 1024 dollar, 4 xonali – 1097 dollar) va Shayxontohur (1 xonali – 556 dollar, 2 xonali – 845 dollar, 3 xonali – 1050 dollar, 4 xonali – 1024 dollar) tumanlarida kuzatildi.

Ijara narxlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar olx.uz (https://www.olx.uz/) platformasidan veb skreping (web scraping) usulida to‘plandi. Bunda 2024-yil fevral oyi uchun 51,5 ming va mart oyi chun 52,2 mingta ma’lumotlardan foydalanildi. Ikkala davr uchun ham tahlil narxlar chegarasining yuqori va pastki 5 foizlik kvantillari chiqarib tashlangandan keyin amalga oshirilgan.