Rossiya davlatiga ishlash uchun ketib, internet orqali tanishgan yigitning da’vati ortidan Suriyadagi terrorchilar safiga qo‘shilgan Burobiya Mahmudova qidiruvga berildi.
Qayd etilishicha, Burobiya Mahmudova 1995 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. «Katibat ul Imom Al-Buxoriy» xalqaro terrorchilik tashkiloti a’zosi hisoblanadi. U 2013 yilda Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahriga ishlash maqsadida borib, 1993 yilda Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan Akmal Xaitov bilan internet ijtimoiy tarmog‘i orqali tanishib qolib, uning da’vati bilan Turkiya davlatiga o‘tadi.
2015 yilda turmush o‘rtog‘i bilan Suriya davlatiga borib, u yerdagi «Katibat ul Imom Al-Buxoriy» xalqaro terrorchilik tashkiloti safiga qo‘shilgan.
Burobiya Mahmudovaga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 244 prim 2-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qidiruv e’lon qilingan.