AQSHning Tennessi shtatining Memfis shahridagi ziyofatda yuz bergan otishmada kamida ikki kishi halok boʻldi, yana 14 kishi yaralangan. Bu haqda shahar politsiyasi xabar berdi.
Huquq-tartibot idorasi bayonotiga koʻra, hodisa ishtirokchilar ruxsati boʻlmagan koʻcha kechasida sodir boʻlgan. Umuman olganda, tadbirda 200-300 ga yaqin odam ishtirok etgan.
«Politsiya voqea joyida besh nafar jabrlanuvchini aniq oʻq jarohatlari bilan topdi. Ulardan uchtasi ogʻir ahvolda mahalliy kasalxonalarga yetkazildi, ikki kishi halok boʻldi. Jabrlanganlarning umumiy soni 16 kishi», deyiladi politsiya bayonotida.
11 nafar jabrdiyda oʻzi shifoxonaga borgan.