Energetika va infratuzilma vaziri Suhayl Muhammad Al-Mazruiy janoblari bilan uchrashishdan mamnunmiz. O‘zbekiston ekologik toza, energiya tejovchi va ilg‘or infratuzilma yechimlarini yaratish uchun eng so‘nggi xalqaro bilim hamda tajribani jalb etishga intiladi. Biz BAAdagi hamkorlarimizga taraqqiyot maqsadlarimizga erishishda ko‘rsatilayotgan ko‘mak uchun minnatdorlik bildiramiz. Uchrashuvimiz davomida ikki va ko‘p tomonlama kun tartibidagi qator dolzarb masalalarni ham muhokama qildik.