Niderlandiyalik seysmolog olim Frank Hogerbits boshchiligidagi Seysmik faollik bilan bog‘liq osmon jismlari orasidagi geometriyani kuzatish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot instituti 11-13 aprel kunlari seysmik zonalardan birida kuchli zilzila bo‘lishini prognoz qildi. Bu haqda institutning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida ma’lum qilindi.
Seysmolog olim Frank Hogerbitsning aytishicha, to‘rtta sayyora birikmalarining yaqinlashishi taxminan 11 dan 13 aprelgacha katta seysmik faollikni keltirib chiqarishi mumkin.