Nukusda fuqarolarni DXXga ishga kiritib qoʻymoqchi boʻlib 65 ming dollar olgan firibgar ushlandi

Nukusda fuqarolarni DXXga ishga kiritib qoʻymoqchi boʻlib 65 ming dollar olgan firibgar ushlandi

Qoraqalpogʻiston Respublikasining Xoʻjayli tumanida yashovchi, 1983-y.t. K.J. aldov yoʻli bilan oʻzganing ishonchiga kirib, tanishlari orqali uni Davlat xavfsizlik xizmati organlariga ishga kiritib qoʻyish evaziga 11 ming AQSH dollari talab qiladi. U soʻralgan pul mablagʻini Nukus shahrida olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va prokuratura organlari xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Tergovga qadar tekshiruv davomida, mazkur shaxs muqaddam 4 nafar fuqaroni DXX idoralariga ishga kiritib qoʻyishni vaʼda qilib, firibgarlik yoʻli bilan ulardan jami 65 ming AQSH dollari olganligi ham aniqlandi.

Taʼkidlash lozimki, K.J. muqaddam Jinoyat Kodeksining 168-moddasi bilan 5 marotaba sudlangan. Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28,211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.