Braziliyada Ilon Mask ustidan tergov boshlandi

Braziliyada Ilon Mask ustidan tergov boshlandi

Braziliyada Oliy sud X ijtimoiy platformasi bo‘yicha Ilon Maskka qarshi tergov boshladi. Bu haqda bugun, 8 aprel kuni sud hujjatlariga tayanib, “Financial Times” xabar berdi.

“X ushbu Oliy sud tomonidan bloklangan profillarni qayta faollashtirish orqali allaqachon chiqarilgan sud qarorlariga e’tibor bermaslikni to‘xtatishi kerak”, deyiladi sud hujjatida.

Mask sudya Aleksandr de Moraesning qarorini konstitutsiyaga zid ekanini aytib, apellyatsiya berdi. Moraes esa sud qarori bilan X platformasini dezinformatsiya tarqatgani sababli bir qator akkauntlarni blokirovka qilishga majbur qildi.

«Ijtimoiy tarmoqlar qoidalardan xoli hudud emas. Chet elda yashovchi milliarderlarning ijtimoiy tarmoqlarni nazorat qilishiga va sud qarorlarini e’tiborsiz qoldirib, bo‘limlarimizga tahdid qilib, huquqiy tizimni oyoq osti qilishga tayyor turishiga yo‘l qo‘ya olmaymiz», deb yozgan Moraes o‘z qarorida.

O‘z navbatida, Ilon Mask sudya Moraesni Braziliya xalqining qonunlari va irodasini buzuvchi “tajovuzkor senzura”da aybladi.

Ma’lumot uchun, agar sud qarorini e’tiborsiz qoldirishda davom etsa, X platformasi konvertatsiya qilish uchun kuniga 18 ming yevro jarimaga tortiladi.