Qarorga koʻra, Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishdan sotishgacha boʻlgan zanjirni qamrab oluvchi yangi tizim boʻyicha talabgorlarga quyidagi qoʻllab-quvvatlash choralari joriy etiladi:
Prezident qarorida nazarda tutilgan shartlarda va mablagʻlar doirasida talabgorlarga tijorat banklari tomonidan 7-yilgacha muddatga 100 mln soʻmgacha kredit ajratish;
Bunda, qaror doirasida barcha turdagi kreditlarni “mahalla yettiligi”ning kafilligi asosida ajratishga ruxsat beriladi hamda ular kreditlarning natijadorligi uchun teng javobgar boʻladi.
— talabgorlarga mini-texnika, urugʻ va koʻchat xaridiga “Yoshlar daftari” jamgʻarmasidan 5 million soʻmdan subsidiya, Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasidan – 33 mln soʻmgacha kredit ajratish;
— joylardagi 167 ta “Agromarkazlar” orqali xususiy sektorni jalb etgan holda urugʻ, koʻchat yetkazish, mineral oʻgʻit berish, mini-texnika va agronom xizmatlari yoʻlga qoʻyiladi hamda yetishtirilgan mahsulotni xarid qilishga qayta ishlovchilar va eksport qiluvchilar biriktiriladi.