Rus primadonnasi, qo‘shiqchi Alla Pugachyova Moskva yaqinidagi «Krokus» konsert zalida sodir etilgan terakt haqida fikr bildirdi. Bu haqda u o‘z Instagram sahifasiga post joyladi.
Pugachyova kinoya aralash: “G‘am Instagram’da emas, qalbda bo‘lishi kerak, omin”, deb yozgan.
Ma’lumot uchun, bir kun avval Pugachyova asli tojikistonlik xonanda Manijaning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga qoldirgan izohi tufayli tanqid qilingan edi. U Manijaning «Krokus»dagi terakt munosabati bilan yozilgan videomurojaati ostida «Kechir», deb yozgandi.