Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Zangiota tuman boʻlimi, DXX, IIB va ETK xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda “Tokzor” MFY hududidagi xonadonda yashovchi У.О. oʻz uyida 6 dona toʻplamdagi mayning kripto-aktivlari qurilmalarini tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga oʻgʻrilik yoʻli bilan ulab, davlat va jamiyat manfaatlariga 789,8 mln soʻm zarar yetkazganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.