«Nvidia» dunyodagi eng kuchli protsessor «Blackwell B200»ni taqdim etdi. Ushbu protsessor «Hopper»dan besh baravar tezroq va 25 barobar kamroq quvvat sarflaydi.
1,8 million parametrli modelni tayyorlash uchun avval 8000 ta eski protsessor va 15 MVt quvvat kerak edi. Endi neyronni «GPT 4» darajasida oʻrgatish uchun bor-yoʻgʻi 90 kun va 2000 chip kerak boʻladi va 4 MVt quvvat sarflaydi.
Chiplardan «Google», «Microsoft», «OpenAI» va «Tesla» tomonidan server sigʻimini sezilarli darajada oshirish uchun foydalaniladi. U ulkan neyron tarmoqlarning yangi avlodini yaratishga qodir boʻladi.