“Mahallalarda futbol infratuzilmasini rivojlantirish va tarmogʻini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Qarori (PQ-136-son, 20.03.2024 y.) qabul qilindi.
Qarorga koʻra, mahalladagi yoshlar yetakchisiga quyidagi qoʻshimcha vazifalar yuklatiladi:
— mahalla yoshlarini ommaviy va professional futbolga qiziqtirish, shuningdek, bu borada turli targʻibot-tashviqot ishlarini tashkil etish;
— mahallalarda mavjud boʻlgan futbol boʻyicha sport inshootlari hamda boshqa sport maydonchalaridan tizimli va samarali foydalanilishini tashkil etish;
— mahallada futbol boʻyicha erkaklar va ayollarning turli yosh toifalari kesimidagi “mahalla terma jamoa”larini shakllantirish hamda ularni tayyorlashni tashkil etish;
— mahalla yoshlarining futbol bilan shugʻullanishi uchun yetarli shart-sharoitlar yaratilganligini tahlil qilib borish hamda futbolni rivojlantirish boʻyicha sport-taʼlim tashkilotlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan hamkorlikni tizimli yoʻlga qoʻyish;
— mahallalardagi yosh iqtidorli futbolchilarni aniqlash hamda ularni professional futbol taʼlim muassasalariga yoʻnaltirib borish;
— mahallalarda futbol infratuzilmasini rivojlantirish, sport inventarlari bilan taʼminlash va mahalla terma jamoalariga qoʻshimcha shart-sharoitlarni yaratish boʻyicha mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga takliflar kiritish.