Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasining ikki nafar ofitser xodimi qo‘lga olindi. Bu haqda Ichki ishlar vaziri matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov ma’lum qildi.
Bildirilishicha, joriy yilning 16 mart kuni ushbu ikki xodim giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasiga aralashgani aniqlanib, hamkor tashkilotlar bilan birgalikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida jinoyat ustida ushlangan.
Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25-moddasi, 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.