Afg‘oniston muvaqqat hukumatidagi Haj va diniy ishlar vazirligining yuqori martabali delegatsiyasi O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Haj va islom ishlari bo‘yicha vazir vazifasini bajaruvchi Nur Muhammad Soqib boshchiligidagi o‘n kishilik delegatsiyani mamlakatga O‘zbekiston Musulmonlar idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazarov rasman taklif qilgan.
Bildirilishicha, delegatsiya O‘zbekistonning diniy ulamolari bilan uchrashib, ikki tomon o‘rtasida diniy-ma’rifiy sohadagi hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qiladi.
Bundan tashqari, vakillar Toshkent, Buxoro va Samarqand shaharlaridagi diniy markazlarda ham bo‘lib, O‘zbekistondagi islom muassasalari mutasaddilari bilan turli masalalarni muhokama qilishi rejalashtirilgan.