Joriy yilgi Navro‘z bayramida ish haftasining davomiyligidan qat’i nazar barcha xodimlar ketma-ket 4 kun dam oladi. Bu O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2023 yil 22 dekabrdagi tegishli farmonida belgilangan.
Shunga ko‘ra, quyidagi kunlar dam olish kuni sanaladi:
- 21-mart – payshanba (Navro‘z bayrami);
- 22-mart – juma (barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni);
- 23-mart – shanba (6 kunliklar uchun qo‘shimcha dam olish kuni);
- 24-mart – yakshanba (odatiy dam olish kuni).