Jonli striming vositasidagi elektron xaridlar bozori tahlil qilindi

Jonli striming vositasidagi elektron xaridlar bozori tahlil qilindi

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari jonli striming vositasidagi elektron xaridlar bozorini tahlil qildi.

Raqamli asrda jonli striming raqamli marketing ixtiyoridagi samarali vositaga aylanib, biznes egalari uchun auditoriyani jalb qilish, brendni kengaytirish, bu orqali sotuv hajmini oshirishda yordam bermoqda.

Jonli striming qisqa muddatli chegirma kuponlarini taklif qilish orqali shoshilinchlik tuyg‘usini yaratadi va qaror qabul qilish jarayonini tezlashtiradi. Natijada sotuvchilar 30 foizgacha bo‘lgan yuqori konversiyaga erishishi mumkin. Bu oddiy elektron tijoratdan 10 baravar yuqori.

Prognozlarga ko‘ra, 2025-yilga borib, global chakana elektron tijorat hajmi 2022-yildagi 5,71 trln. AQSH dollaridan 7,4 trln. dollarga yetadi. Xitoy tajribasidan kelib chiqib baholansa, 2026-yilda 8,15 trln. AQSH dollarini tashkil qiluvchi global chakana elektron tijoratning 10-20 foizini jonli striming tashkil qilishi mumkin.

Batafsil