Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida imtiyozli kreditlar yillik 14 foizda quyidagilar uchun ajratilishi belgilangan:
— oilaviy tadbirkorlik, daromad topish va faoliyatini kengaytirish uchun aholi va tadbirkorlarga – 3 oydan 6 oygacha imtiyozli davr bilan 3-yilgacha;
— chorvachilik, baliqchilik, quyonchilik, asalarichilik, kurkachilik va parrandachilik, biogumus ishlab chiqarish, “dala doʻkonlari” qurish va koʻchma muzlatkichlarni oʻrnatish uchun – 1-yilgacha imtiyozli davr bilan 3-yilga;
— bogʻdorchilik, uzumchilik va limonchilik, issiqxona qurish, qishloq xoʻjaligi texnikasi va asbob-uskunalarini xarid qilish uchun, artezian quduqlarini qazish uchun – 3-yilgacha imtiyozli davr bilan 7-yilgacha;
— oilaviy mehmon uylari, xostellar, oʻtov lagerlari majmuasi, avtokempinglar, ekouylar majmuasi, konteyner shaharchalar va chodirli lagerlar tashkil etish va ularni taʼmirlash uchun – 1-yilgacha imtiyozli davr bilan 5-yilgacha;
— “Hunarmand” uyushmasi aʼzolariga asbob-uskuna, ehtiyot qismlar va xomashyo materiallarini xarid qilish uchun – 3-yilgacha muddatga hamda aylanma mablagʻlarini toʻldirish uchun 18 oygacha;
— charm-attorlik mahsulotlari, charmdan tayyor kiyimlar, oyoq kiyimlari, sport inventarlari, shuningdek furnitura, aksessuarlar va moʻynachilik mahsulotlari ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun asbob-uskuna, ehtiyot qismlar va xom ashyo materiallarini xarid qilish uchun — 1-yilgacha imtiyozli davr bilan 5-yilgacha muddatga.