8-mart kuni avtobuslar ayollar uchun tekin bo‘ladi – Aqtauda

8-mart kuni avtobuslar ayollar uchun tekin bo‘ladi – Aqtauda

8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Qozog‘istonning Aqtau shahrida ayollar uchun jamoat transportida yurish bepul bo‘ladi. Bu haqda “Zakon.kz” xabar berdi.

Qayd etilishicha, shu yilning 4-mart kuni Aqtau shahar hokimligi bu haqda qaror chiqargan.

Aqtau shahar yo‘lovchi transporti va avtomobil yo‘llari bo‘limi vakillarining so‘zlariga ko‘ra, 1, 2, 3, 4, 4M, 5, 6, 7, 8, 9-yo‘nalishlar bo‘yicha qatnov ayollar uchun bepul bo‘ladi.

“Jamoat transporti muntazam ish jadvaliga muvofiq soat 06:40 dan 21:00 gacha ishlaydi”, deyiladi hokimlik xabarida.