Kecha, 29 fevral kuni Samarqandda uchta yengil avtomobil ishtirokida YTH sodir etilgani haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahar IIO FMB YHXB rasmiy munosabat bildirdi.
Ma’lum bo‘lishicha, 29 fevral kuni soat 13:20 lar atrofida Samarqand shahar Dahbed ko‘chasida Damas, BMW va Cobalt rusumli transport vositalari to‘qnashgan.
“YTHda Damas rusumli transport vositasi ichida bo‘lgan yo‘lovchi Samarqand shahar tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan, ahvoli yaxshiligi sababli uyiga javob berib yuborilgan”, deyiladi bu haqdagi xabarda.
Ushbu holat yuzasidan Samarqand shahar IIO FMB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilayotgani ma’lum qilingan.