Qonunchilikdagi barcha ziddiyatlar va noaniqliklar inson foydasiga talqin etiladi

Qonunchilikdagi barcha ziddiyatlar va noaniqliklar inson foydasiga talqin etiladi

Qonun bilan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy Qonuniga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra:

Qonunchilik palatasining deputati bir vaqtning o‘zida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, viloyatlar, tumanlar, shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlarining deputati bo‘lishi mumkin emasligi belgilandi.

Shuningdek, ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq Qonunchilik palatasining Spikeri bo‘lishi mumkin emasligi belgilandi.

“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a’zosining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, deputatga va senatorga 36 ish kunidan iborat haq to‘lanadigan har yilgi mehnat ta’tili beriladi. ( bundan qonunchilikda ko‘proq muddatli ta’til nazarda tutilgan hollar mustasno)

“Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, inson bilan davlat organlarining o‘zaro munosabatlarida yuzaga keladigan qonunchilikdagi barcha ziddiyatlar va noaniqliklar inson foydasiga talqin etiladi.