O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomda umumiy o‘rta ta’lim maktablarida 1-sinf o‘quvchilariga qo‘shimcha ta’til belgilanishi nazarda tutilgan.
Nizomga ko‘ra, 1-sinf o‘quvchilari uchun fevral oyi davomida qo‘shimcha bir haftalik ta’til belgilanadi.
Ta’til muddati maktabning pedagogik kengashi qarori asosida belgilanadi.