Vengriya prezidenti Katalin Novak pedofiliya ishi bo‘yicha ayblangan mahkumni afv etish haqidagi qarori bilan jamoatchilikning katta noroziligiga sabab bo‘lganidan so‘ng iste’foga chiqishini ma’lum qildi, deb yozadi Infostart.
Yangi davlat rahbari parlament tomonidan prezidentlik vakolati tugaganidan keyin o‘ttiz kun ichida saylanishi kerak.