Qonun bilan “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunga quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi:
Advokatlik byurolarini, advokatlik firmalarini va advokatlar hayʼatlarini roʻyxatdan oʻtkazish (qayta roʻyxatdan oʻtkazish) hamda yuridik maslahatxonalarni qayta roʻyxatdan oʻtkazish funksiyalari adliya organlaridan Davlat xizmatlari markazlariga oʻtkazildi.
Shuningdek, ularni roʻyxatdan oʻtkazganlik uchun toʻlanadigan davlat boji miqdorlari kamaytirildi, jumladan:
— advokatlik byurolari, advokatlik firmalari va advokatlar hayʼatlari roʻyxatdan oʻtkazilganda davlat boji BHMning 1 baravari etib belgilandi. (Ilgari BHMning 2 baravari edi)
Bundan tashqari, bogʻdorchilik-uzumchilik shirkatlarini, matlubot, ishlab chiqarish va qishloq xoʻjaligi kooperativlarini roʻyxatdan oʻtkazish (qayta roʻyxatdan oʻtkazish) ham Davlat xizmatlari markazlarining zimmasiga yuklatildi.