O‘tgan yil oxirida O‘zbekiston oltin sotish bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinni egalladi, deb xabar bermoqda Jahon oltin kengashi (“World Gold Council”).
O‘zbekistonning oltin bo‘yicha sof savdosi 25 tonnadan ortiqni tashkil etib, birinchilikni egallagan Qozog‘istondan ikki barobar kam ko‘rsatkichni qayd etdi.
2023-yilda Xitoy qariyb 230 tonna bilan qimmatbaho metallning asosiy xaridoriga aylandi. Undan keyingi o‘rinlarda sezilarli kechikish bilan Polsha, Singapur, Liviya va Chexiya turibdi.
Dekabr oyida jahon markaziy banklarining oltin-valyuta zaxiralari 28 tonnaga oshdi, bu qimmatbaho metallarni sotib olish trendi davom etayotganini anglatadi. Oltinning asosiy xaridori 18 tonna bilan Turkiya bo‘ldi.
Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarda esa 9 tonna oltin bilan O‘zbekiston va Xitoy joylashdi.
O‘tgan yil oxirida eng yirik oltin sotuvchilari Qozog‘iston (10 tonna) va Qirg‘iziston (2 tonna) bo‘ldi.