Chang’i uchamizmi? – Turkiyada

Chang’i uchamizmi? – Turkiyada

Turkiyada qish mavsumi davom etmoqda va mamlakatning ichki qismi, shimoliy va sharqiy hududlari sovuq qish oylarida yoqimli dam olishni taklif qiladi. Qorli tog’larda Turkiyaning ajoyib qishki turizm imkoniyatlarini ifodalovchi bir qancha chang’i markazlari joylashgan. Ushbu tog’-chang’i kurortlari, eng zamonaviy mexanik jihozlar va oddiylikdan hashamatligacha bo’lgan turli xil turar joy manzillarini o’z ichiga olgan, shuningdek, eng yaxshi turk vinolari va taomlari majmuasini taklif etadi. Keling, Turkiyaning eng yaxshi chang’i manzillarini ko’rib chiqaylik.

Erjiyes: Anadolu cho‘qqisida

Mamlakatning o’rtasida, dunyoga mashhur Kapadokiyadan uzoq bo‘lmagan masofada, Markaziy Anadolu mintaqasidagi eng baland cho’qqi Erjiyes tog’ining (3,916 m) tepasida Kayseridagi Erjiyes chang’i kurorti joylashgan. Tog‘-chang‘i kurorti xalqaro standartlarga to‘la javob beroladigan eng so‘nggi texnologiyalar bilan jihozlangan, soatiga taxminan 26 750 kishini o‘tkazish quvvatiga ega, tez demontaj qilish mumkin bo‘lgan ikki kishilik kanatlari va teleferiklari bilan e’tiborni tortadi. Chang’ichilar kanat va teleferiklarda endemik o’simliklar va Erjiyes tog’ining ajoyib manzaralarini tomosha qilishlari mumkin.

 

Erjiyes, Peri bacalari, g’or mehmonxonalari va yer osti shaharlarining betakror manzarasi bilan ko’rishga arziydigan joy bo’lib, Kapadokiyadan mashinada bir soatlik masofada joylashgan.

 

Mazali pastirma va o’zining chuchvaralari bilan maftun etgan Kayseri shahri, shuningdek, Markaziy Anadoluning mahalliy uzumlaridan biri bo’lgan Emirdan tayyorlangan mashhur turk vinolari va Karamanning mahalliy «Divle obruk» va «Niğde mavi» (ko’k) pishloqlarini taqdim etadi.

 

Palando‘ken: Erzurumda qish zavqi

Yil davomida olti oy chang’i uchish mumkin bo’lgan Palando‘ken chang’i markazi Turkiyaning sharqiy Erzurum viloyatidagi Palando‘ken tog’i etagidagi Boshko‘y tog’ qishlog’ida dengiz sathidan 2100 metr balandlikda joylashgan. 2011-yilgi Jahon qishki Universitet o’yinlari va 2017-yilgi Yevropa yoshlar olimpiadasi qishki festivaliga mezbonlik qilgan Palando‘ken tog’i tungi chang’i sporti uchun yoritilgan tog‘ yonbag’irlarni va Turkiyadagi eng uzun qiyalikni taklif etadi. Markaz New York Times tomonidan 41 ta chang’i kurortlarining eng yaxshi 20 taligiga kiritilgan va chang’isi bilan ajralib turadigan 22 qiyalikdan iborat bo’lib, ular chang’ida oson uchish imkonini beradi, shuningdek, qiyaliklarda beshta kanat va teleferiklari xizmat qiladi. Palando‘ken alp tog’lari, snoubord, slalom va katta slalom yo’nalishlari uchun ideal.

 

Dunyodagi eng baland sharsharalardan biri bo’lgan Tortum sharsharasiga tashrif buyuring. Tortum ko’li, Narmanning peri bacalari va Ispir Yedigöller Erzurumning yana bir boshqa go’zalliklaridandir…

 

Jağ kabob. Ziravorlar bilan marinadlangan go’shtlarning cho‘pga terilib o’tin olovida pishiriladigan Erzurumning bu ta’mi sinab ko’rishga arziydi.

 

Sarikamish: Turkiyaning eng sharqiy cho’qqisi

 

Turkiyaning mashhur Sharqiy Ekspres poyezdining Erzurumdan keyingi so’nggi bekati Kars, mamlakatning eng qiziqarli qishki mazillaridan biridir. Shahar yaqinidagi Chamurlu tog’ida 2100-2634 metr balandlikda joylashgan Sarikamish tog’-chang’i markazi dunyoga mashhur Alp tog’lari bilan bir xil qor sifatiga ega. Ob’yekt ikkita mexanik qiyalikka ega: birinchisi soatiga 1800 kishini o’tkazish quvvatiga ega va uzunligi 1435 metrni tashkil qilsa, ikkinchisi soatiga 800 kishini o’tkazish quvvatiga ega va uzunligi 2250 metrni tashkil qiladi. Dam olish maskani sariq qarag’ay daraxtlarining go’zal ko’rinishiga ega bo’lgan yettita chang’i yonbag’irlarini taklif etadi.

 

YuNESKOning Butunjahon merosi ro’yxatiga kiritilgan qadimiy Ani shahri va muzlagan suvlar bo’ylab ot chanalari sirpanib yurgan Childdir ko’liga sayohat qiling.

 

Kars uslubidagi mazali pishirilgan g’oz, Kars kashari va gruyere kabi mintaqaviy pishloqlar va mahalliy O‘kuzgo‘zi va Bog‘azkere uzumlaridan tayyorlangan an’anaviy sharoblar.

 

Uludag’: Bursaning Oq cho‘qqisi

Bursaning janubi-g’arbida joylashgan Uludag’dagi chang’i kurorti Istanbulga yaqinligi bilan Turkiyaning eng mashhur kurortlaridan biridir. G’arbiy Anadoluning eng baland tog’i Uludag’ etagidagi chang’i maydoni 1750-2543 metrni tashkil qiladi. Sakkizta kanat, yettita T-bar va 13 xil qiyaliklarga ega chang’i markazi chang’i jihozlarini ijaraga olish va professional o’qituvchilardan darslarni taklif qiladi. Bundan tashqari, Uludag’dagi chang’i kurortida heli-chang’i, snoubord, konkida uchish va qorda velosipedda uchish uchun treklar mavjud.

 

Bursa yaqin atrofda joylashgan va teleferik orqali osongina borish mumkin bo‘lgan yo‘nalishdir. Bursaning mehmonxonalar hududidagi monumental binolarni, ayniqsa Koza Han va Ulu masjidini ziyorat qilib, chang’i ta’tilingizni zavqli o‘tkazishingiz mumkin.

 

Bursa mintaqaviy taom bo’lgan Iskandar kabobi bilan ham mashhur. Bursa iskandar kabobini tatib ko’rish uchun eng to’g’ri joy bo’lib, u to’g’ralmasdan oldin grilda pishiriladi va  tug’ralgan pita noniga issiq pomidor sousi va maxsus sariyog’ qo’shilib dasturxonga tortiladi.

 

Malohat ARTIKOVA