Toshkent shahar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatli Axborot xizmatining ma’lum qilishicha, bozor rastalarida sotilayotgan ba’zi turdagi mahsulotlar tegishli sifat nazoratidan o’tmagan, uy sharoitida tayyorlangan hamda aholi iste’moli uchun sotilayotganligi bois, ko’plab insonlarda oshqozon ichak kasalliklarining buzilishiga sabab bo’lmoqda.
Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tuman bo’limi xodimlari tomonidan Beshqo’rg’on MCHJ`ga qarashli Farg’ona shoxobchasidagi savdo rastalarining sanitariya holati o’rganildi.
Kuzatuvlar davomida noma’lum uy sharoitida tayyorlangan, sifati kafolatlanmagan, iste’molga yaroqsiz 20 litr janduq va qalampir mahsulotlari o’rnatilgan tartibda brakeraj qilindi.
Shuningdek, hech qanday hujjatlarsiz savdo faoliyatini olib borayotgan fuqaroga qayta sotmaslik bo’yicha ogohlantirish choralari qo’llanildi.