Turg‘un Azizov 1934-yil 30-noyabrda Toshkentdagi Saryog‘chi (hozirgi Beshqayrag‘och) mahallasida tug‘ilgan.
1956-yilda O‘zbekiston Davlat teatr va rassomchilik institutini tamomlagan.
33 yoshida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist unvoni bilan taqdirlangan. 1974-yilda O‘zbekiston xalq artisti unvonini olgan.
Asosiy rollari: Ferdinand («Makr va muhabbat»), Ilyos («Sarvqomat dilbarim»), Eydzi («O‘g‘irlangan umr»), Mark Tuysk («Oqpadar»), Niyoz («Noma’lum kishi»), Yo‘lchi («Qutlug‘ qon»), Gʻofir («Boy ila xizmatchi»).
Kinoda Amir Olimxon («Gang uzra tong»), Bakir («Maftuningman»), Amir Nasrullo («Nodirabegim»), Ota Maqsumov («Uzoq-yaqin yillar»), Mirzakarimboy («Parol – Regina mehmonxonasi»), Dadaboy («Qo‘qon voqeasi») kabi obrazlar yaratdi.
Rejissor sifatida «Mirzo Ulug‘bek», «Alisher Navoiy», «Mehrobdan chayon», «Chimildiq», «Mashrab» kabi spektakllarni sahnalashtirgan.