Berlindagi «Yashil haftalik — 2024» ko`rgazmasida O`zbekistonliklar ham ishtirok etmoqda

Berlindagi  «Yashil haftalik — 2024» ko`rgazmasida O`zbekistonliklar ham ishtirok etmoqda

Joriy yilning 19-28 yanvar kunlari Germaniyaning Berlin shahrida «Yashil haftalik — 2024» oziq-ovqat, qishloq xo‘jaligi va bog‘dorchilik bo‘yicha xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.

Ko’rgazma Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Savdo-sanoat palatasi hamkorligida tashkil etildi.

Bu yerda dunyoning turli burchaklaridan oziq-ovqat va ichimliklar ishlab chiqaruvchilari tashrif buyurib, ko‘rgazma maydonida o‘z mahsulotlarini namoyish etishadi. Ko‘rgazmada ishtirokchilar o‘z mahsulotlarini sinovdan o‘tkazadi, uning odamlar uchun qiziqarli yoki aksincha ekanini tahlil qiladi.

Ko’rgazmada Palata ko’magida barcha viloyatlardan 56 ta eksportyor korxonalar vakillari o’zlarining tayyor mahsulotlar namunalarini namoyish etish imkoniga ega bo’lib, yangi shartnomalar borasida kelishuvga erishishga muvaffaq bo’lishmoqda.

Ta’kidlash joizki, ishtirok etayotgan turli davlat vakillari aynan «Uzbekistan» paviloniga katta qiziqish bildirmoqda. Yana bir sabab sifatida shuni aytish mumkin, pavilonimizda O‘zbekistondan kelgan oshpazlarimiz tomonidan palov ham tayyorlandi.