Rasmiy xabarga ko‘ra, 2002 yilda tug‘ilgan ayol shifoxonaga kuchli tug‘ruq oldi og‘rig‘i bilan olib kelingan.
Ayol homila bilan bog‘liq sog‘lig‘idagi muammolar sabab bungacha 3 marta homiladorlarni davolash bo‘limida zarur muolajalar olgan.
O‘sha paytda ayolning yaqinlariga 4 egiz homila muddatiga yetib, tug‘ilishi qiyin ekanligi tushuntirilgan.
Biroq bemorda og‘riq kuchayib, o‘ta qisqa vaqtda homilaning patologik tushishi kuzatilgan.
Oradan bir necha soat o‘tgach ayolning o‘zi ham vafot qilgan. Hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.