Zelenskiy 16-yanvar kuni Davosda bo‘lib o‘tadigan Jahon iqtisodiy forumida chiqish qiladi

Zelenskiy 16-yanvar kuni Davosda bo‘lib o‘tadigan Jahon iqtisodiy forumida chiqish qiladi

WEF veb-saytida e’lon qilingan tadbir dasturiga ko‘ra, 16-yanvar kuni Shveysariyaning Davos shahrida bo‘lib o‘tadigan Jahon iqtisodiy forumida Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy shaxsan nutq so‘zlaydi.

14-yanvar kuni Davosda Ukraina “tinchlik formulasi” bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Ushbu yig‘ilishda 100 dan ortiq mamlakatlar ishtirok etishga taklif qilingan. Ammo ularning qanchasi taklifni qabul qilgani noma’lum. Umuman olganda, Ukrainaning “tinchlik formulasi” o‘nta banddan iborat, jumladan, Ukrainaning hududiy yaxlitligini tiklash va Rossiya qo‘shinlarini uning hududidan olib chiqish.

28-dekabr kuni Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov 2023-yil dekabrida Saudiya Arabistonida Ukraina vakillari ishtirokida maxfiy uchrashuv bo‘lib o‘tganini, unda Kiyev va Moskva o‘rtasida tinchlik muzokaralari o‘tkazish imkoniyati muhokama qilinganini ma’lum qildi. 9-yanvar kuni Bloomberg o‘z manbalariga tayanib, uchrashuv tafsilotlarini ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, unda Ukrainadan tashqari G7 va Global Janub davlatlari ham ishtirok etgan. Bloomberg qayd etganidek, Rossiya u yerga taklif qilinmagan, Birlashgan Arab Amirliklari, Braziliya va Xitoy esa u yerga o‘z vakillarini yubormagan. Agentlik suhbatdoshlariga ko‘ra, Ar-Riyodda bo‘lib o‘tgan maxfiy uchrashuvda yakunda hech qanday qarorga kelinmagan.