Qoraqalpog‘istonda Buxoro bug‘usini ovlagan brakonyer hayvonot dunyosiga 1 milliard 20 million so‘m zarar yetkazdi

Qoraqalpog‘istonda Buxoro bug‘usini ovlagan brakonyer hayvonot dunyosiga 1 milliard 20 million so‘m zarar yetkazdi

Qoraqalpog‘istonda brakonyer hayvonot dunyosiga 1 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazdi. Bu haqda Ekologiya vazirligi axborot xizmati xabar berdi

Unga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Ekologiya vazirligi, Respublika prokuraturasi va Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati, Beruniy tuman IIB hamkorligida navbatdagi reyd tadbiri o‘tkazildi.

Reyd davomida Beruniy tumani, “Biybazar” OFY hududida Xalqaro Qizil kitob va O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan Buxoro bug‘usi fuqaro A.J. tomonidan noqonuniy tarzda ovlangani aniqlandi.

Holat natijasida hayvonot dunyosiga 1 milliard 20 million so‘m zarar yetkazilgani ma’lum bo‘ldi. Hozirda tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.