Intellektual mulkka tahdid qilish holati aniqlandi

Huquqbuzar jarimaga tortildi

Yozuvchi Sobir Oʻnar muallifligidagi “Bibisora” asari (qissa va hikoyalar toʻplami) “Т.Z.” nashriyoti tomonidan ruxsatsiz nаshr etilganligi yuzasidan tegishli сhоrа koʻrish toʻgʻrisida Adliya vazirligiga murojaat kelib tushdi.

Murojaat yuzasidan “Т.Z.N” MChJning faoliyatida belgilangan tartibda tekshiruv oʻtkazildi. Tekshiruv natijalariga koʻra, “Т.Z.N” MChJga tegishli “Т.Z.” nashriyoti tomonidan “Bibisora” asari huquq egasi ruxsatisiz, tegishli shartnoma tuzmasdan nashr etilgan hamda 2000 adadda chop etib tarqatilganligi aniqlandi.

Holat yuzasidan adliya organlari tomonidan “ Т.Z.N” MChJ rahbari B.N.ga nisbatan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma rasmiylashtirilib, koʻrib chiqish uchun Jinoyat ishlari boʻyicha Shayxontohur tuman sudiga yuborilgan va sudning qaroriga asosan unga MJtKning 1771-moddasi bilan 1 mln 700 ming soʻm jarima jazosi qoʻllanilgan.

Agarda sizning mualliflik huquqlaringiz buzilgan boʻlsa, Adliya vazirligiga murojaat qiling.