Avtobuslar tenderga qo’yildi

30 ta shahar atrofi avtobus yo‘nalishlari ochiq elektron tenderga qo‘yildi!

Samarqand viloyati aholisini jamoat transportiga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida quyidagi yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari ochiq elektron tenderga qo‘yildi.

❗️Tender Transport vazirligi Samarqand viloyati transport boshqarmasi tomonidan joriy yilning 15-noyabr kuni soat 17:00 da o‘tkaziladi.

Tenderda qatnashish uchun takliflar talabgorlar tomonidan e-tender.uztrans.uz axborot tizimi orqali taqdim etiladi. Talabgor o‘z tender takliflarini 2024-yil 14-noyabr soat 17:00 gacha axborot tizimi orqali taqdim etish shart.

⚠️Tender takliflari belgilangan muddat yakunlanganidan so‘ng qabul qilinmaydi hamda tender takliflari taqdim etilganidan keyin qatnashchilar ularga tuzatish kiritish huquqiga ega emas.

Qatnashchilardan tender bo‘yicha kelib tushgan takliflar axborot tizimi orqali avtomatik tarzda baholanadi.

📞 Ma’lumot uchun telefon: +998 71 202-05-01 (234).