Oʻzbekistonda ilk bor mudofaa sanoatiga oid “Texnofest-2024” koʻrgazmasi oʻtkaziladi

Oʻzbekistonda ilk bor mudofaa sanoatiga oid “Texnofest-2024” koʻrgazmasi oʻtkaziladi

Mudofaa vazirligi axborot xizmatining xabar berishicha, joriy yilning 2, 3 va 4-may kunlari Toshkent shahrida joylashgan “Gʻalaba bogʻi” majmuasida ilk bor mudofaa sanoatiga oid “Texnofest-2024” koʻrgazmasi oʻtkaziladi.

Koʻrgazmada zamonaviy texnologiyalar, metallurgiya va kimyo sanoati hamda tekstil sohasida ikki maqsadga moʻljallangan ishlab chiqaruvchi zavod, korxona va tashkilotlar oʻzlarining mahsulotlari bilan ishtirok etishi koʻzda tutilgan.

Taqdimotda tanlab olingan eng yaxshi mahsulot korxonasi istiqbolda Mudofaa sanoati agentligi bilan hamkorlik qilish imkoniyatiga ega boʻladi.

Shuningdek, “Texnofest -2024” doirasida ishtirokchilar oʻrtasida robototexnika, modellashtirish texnologiyalari kabi musobaqa va tanlovlar oʻtkaziladi. Gʻoliblar Mudofaa vazirligi hamda hamkor tashkilotlar tomonidan taqdirlanadi.