Dollar kursi ketma-ket uchinchi kun oshdi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 18 yanvar kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 11,95 so‘mga oshdi va 12 427,00 so‘mni tashkil qildi.

Yevro kursi ham 1,83 so‘mga ko‘tarilib, 13 516,85 so‘m etib belgilandi.

Rossiya rublining kursi esa 0,98 so‘mga kamaydi va 140,68 so‘mni tashkil etdi.