Ukraina va Buyuk Britaniya xavfsizlik bo‘yicha tarixiy kelishuvni imzoladi: u nima haqida?

Ukraina va Buyuk Britaniya xavfsizlik bo‘yicha tarixiy kelishuvni imzoladi: u nima haqida?

Ukraina, Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya birlashgan qirolligi Kiyevda xavfsizlik sohasida hamkorlik bo‘yicha kelishuv imzoladi. Hujjatga Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy va Buyuk Britaniya bosh vaziri Rishi Sunak imzo chekdi. Bu haqda UNIAN xabar berdi.

Buyuk Britaniya Ukraina bilan hamkorlik bo‘yicha bunday hujjatni imzolagan dunyodagi birinchi davlat bo‘ldi. U Ukraina xavfsizligini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Britaniya va Ukraina o‘rtasidagi harbiy va noharbiy hamkorlikni rasmiylashtiradi.

Kelishuvga ko‘ra, kelajakda Rossiya hujumi sodir bo‘lgan taqdirda Britaniya Ukrainaga tez va kechiktirmasdan zarur yordam, jumladan quruqlik, dengiz va havo hududidagi tajovuzni qaytarish uchun zamonaviy qurol-yarog‘lar yuboradi.

Bugun Yevropa tarixi o‘zgargan kun. Ukraina va Buyuk Britaniya xavfsizlik bo‘yicha yangi va misli ko‘rilmagan kelishuv tuzdi. Bu bizning hamkorligimiz, xususan, Buyuk Britaniyaning nufuzli global qudrati tomonidan berilgan xavfsizlik kafolatlari tufayli yuzaga keladigan haqiqatdir. Agar 1991-yildan keyin Britaniya va boshqa davlatlar bilan xavfsizlik kafolatlarining bunday darajasiga erishilganida, Rossiyaning agressiyasi bo‘lmas edi”, — dedi Zelenskiy.

Britaniya bilan mazkur kelishuv muddati 10 yil. Bu muddat global liderlar tomonidan tuzilgan boshqa shunga o‘xshash xavfsizlik shartnomalari kabi uzaytirilishi mumkin.

“Birlashgan Qirollik Ukrainaning NATOga qo‘shilishini qo‘llab-quvvatlayotganini va Ukraina xavfsizligi butun Yevroatlantika xavfsizligining bir qismi ekanini tan olishini alohida qadrlayman. Shuning uchun ham taqdim etilgan kafolatlar bizning NATOga aʼzo bo‘lgunimizcha amal qiladi”, — deb taʼkidladi Zelenskiy.

U agar Ukraina NATOga aʼzolikni kelishuvning o‘n yillik muddatidan oldinroq qabul qilsa, “yaratilgan xavfsizlik arxitekturasi aslida butun Alyansning xavfsizlik tizimiga kiritiladi”.

Zelenskiyning aniqlik kiritishicha, Ukraina Britaniya bilan barcha sohalarda: quruqlikda, havoda, dengizda va kiberkosmosda, keng siyosiy o‘zaro hamkorlik va qurollar bo‘yicha xavfsizlik borasida kelishib olgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, agar kerak bo‘lsa, Ukraina va Buyuk Britaniya qo‘shimcha sohaviy kelishuvlar tuzishi mumkin.

Zelenskiy Ukraina va Buyuk Britaniyaning umumiy vazifasi avvalo Rossiya agressiyasini to‘xtatish va Ukrainani mustahkamlash, keyin esa birgalikda Ukrainaga hech qachon takror hujum bo‘lmasligini ta’minlash ekanini ta’kidladi.

“Britaniya rahbariyati boshqalardan oldinda va kerak bo‘lganda yordam beradi. Endi biz birgalikda xavfsizlik sohasida hamkorlikning global miqyosdagi muhim namunasini yaratdik”, — deya qo‘shimcha qildi Zelenskiy.

Uning aytishicha, Britaniya bilan kelishuv Ukrainaning boshqa hamkorlari bilan ham xuddi shunday ish olib borish uchun asos bo‘ladi. Zelenskiy bugun aynan nimaga erishilgani haqida ham gapirdi.

“Biz Ukrainani har yili qo‘llab-quvvatlashga kelishib oldik. Xususan, moliyaviy ko‘mak 2024-yil uchun 2,5 milliard funt sterling. Yordam ko‘rsatish keyingi yillarda ham davom etadi. Bu kelishuv esa 10 yilga mo‘ljallangan. Buning sharofati bilan xavfsizlik darajasiga erishamiz, bu Rossiya agressiyasini to‘xtatishga yordam beradi”, — dedi Ukraina prezidenti.