Parvoz qilgan samolyotda yo‘lovchi vafot etdi

Parvoz qilgan samolyotda yo‘lovchi vafot etdi

Parvoz chog‘ida uning sog‘lig‘i yomonlashgan, ammo birinchi yordam ko‘rsatilishiga qaramay joni uzilgani ta’kidlanmoqda.

11 yanvar kuni Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Toshkent-Istanbul yo‘nalishida parvoz qilgan samolyot Turkiyaning Anqara shahriga favqulodda qo‘ndi.

O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasidan ma’lum qilishlaricha, bunga yo‘lovchilardan birining sog‘lig‘i yomonlashgani sabab bo‘lgan. 1946 yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi yurak xurujiga uchragan. Unga birinchi yordam ko‘rsatilishiga qaramay, hayotini saqlab qolishning iloji bo‘lmagan.