Mubashshir Ahmad Turkiyada qo‘lga olingani tasdiqlandi

Mubashshir Ahmad Turkiyada qo‘lga olingani tasdiqlandi

Azon Global portalining xabariga ko‘ra 2023 yilning 28 dekar kuni Mubashshir Ahmad taxallusi bilan tanilgan Alisher Tursunov Turkiya ichki ishlar tizimi xodimlari tomonidan gumonlanuvchi sifatida olib ketilgan.

«Dastlab anglashilmovchilik bo‘lgani, shu bois ommani behuda tashvishga solish kerak emasligi kabi mulohazalar bilan bu haqda keng ommaga xabar berilmadi. Undan keyin, ustoz Mubashshir Ahmadga qo‘yilayotgan ayblovlar umuman asossiz ekani, bu hol dastlabki surishtiruvdayoq aniqlanishiga va ustozning qo‘yib yuborilishiga qat’iy ishonch bor edi. Ammo, afsuski, vaziyat unday bo‘lib chiqmadi.
Dastlabki surishtiruvlarda, tabiiyki, ustoz Mubashshir Ahmadga qo‘yilayotgan ayblov o‘z isbotini topmadi. Qaytarib yuborish (deportatsiya) markazlariga o‘tkazilgan domlani oradan shuncha kun o‘tib ham tutib turishgani tushunarsiz bo‘lib qolmoqda. Albatta, bu hodisa sodir bo‘lgan kunidanoq advokatlar harakatlarini boshlashgan va boshqa barcha kerakli chora tadbirlar ko‘rilmoqda», deyilgan xabarda.