O`zbekiston pasporti dunyoda 128-o`rinni egalladi. Mamlakat fuqarolari 31 davlatga vizasiz sayohat qilishlari mumkin

O`zbekiston pasporti dunyoda 128-o`rinni egalladi. Mamlakat fuqarolari  31 davlatga vizasiz sayohat qilishlari mumkin

O`zbekiston VisaGuide Passport Index pasport indeksida 2024 yil yanvar holatiga ko`ra, 128-o`rinni egalladi.

Qayd etilishicha, O`zbekiston pasporti mamlakat fuqarolariga 31 davlatga vizasiz sayohat qilish imkonini beradi, 19 davlat o`zbekistonliklarga elektron viza va 32 davlat kelganida vizalar beradi. O`zbekiston pasporti egalari 144 davlatga kirish uchun sayohat qilishdan oldin viza olishi kerak.

Markaziy Osiyo davlatlari orasida Qozog`iston pasporti eng yaxshi ko`rsatkichga ega — 110-o`rin. Qirg`iziston pasporti 132-o`rin, Tojikiston pasporti 140-o`rin va Turkmaniston pasporti 167-o`rinda qayd etilgan.

2023 yilgi reytingning mutlaq etakchisi Ispaniya pasporti bo`ldi. Ikkinchi o`rinda Germaniya pasporti. Kuchli beshlikni Singapur, Italiya va Fransiya pasportlari yakunlaydi.

Reytingning so`nggi o`rinlarini Iroq, Pokiston, Suriya, Afg`oniston, Somali kabi davlatlarning pasporti egallagan.