SUN’IY INTELLEKTNI TARTIBGA SOLGAN MA’QUL Ammo bu jarayon inson huquqlariga zid bo‘lmasligi kerak, demoqda BMT ekspertlari

SUN’IY INTELLEKTNI TARTIBGA SOLGAN MA’QUL Ammo bu jarayon inson huquqlariga zid bo‘lmasligi kerak, demoqda BMT ekspertlari

Yakuniga yetgan yilda sun’iy intellekt texnologiyalarining yangi avlodi dunyoga keldi. Ayniqsa, “dipfeyk”, ya’ni neyrotarmoqlar yordamida tayyorlanadigan va asliyatdagidan deyarli farqlab bo‘lmaydigan foto-, audio- va videomateriallar yaratishga hamda ovozni klonlashtirishga qodir o‘ta zamonaviy texnologiya vositalari o‘zining takomillashuv cho‘qqisiga chiqdi.