Soliq hisoboti maʼlumotlariga ko‘ra, sentabr oyida 🏭 sanoat sohasida rasmiy ravishda 772,4 ming kishi band bo‘lgan:
▫️336 ming kishi 3-10 mln so‘mgacha ish haqi olgan;
▫️287,8 ming kishi — MHTEKM (sentabr oyida 1 050 000 so’m) dan 3 mln so‘mgacha olgan.
💰425 kishi oyiga 100 mln so‘mdan ortiq daromad olgan.
🤔Deyarli 7 ming ishchiga 262 500 so‘mgacha (MHTEKMning 25%idan ⬇️ kam) ish haqi hisoblangan.
Bitta xodimga o‘rtacha ish haqi — 5 mln so‘m.
📍Hududlarda qancha hisoblandi?
Respublika bo‘yicha eng yuqori ish haqi Navoiy viloyatida — o‘rtacha 8,9 mln so‘m.
Toshkentda — 5,8 mln so‘m;
Toshkent viloyatida — 5,1 mln so‘m;
Andijon viloyatida — 4,6 mln so‘m;
Qoraqalpog‘istonda — 4,5 mln so‘m.
Eng past ish haqlari:
Xorazm viloyatida — 2,5 mln so‘m;
Namangan viloyatida — 2,3 mln so‘m.