Qoraqalpog‘istonda “raqobat to‘g‘risida”gi qonun talablariga zid holatlar aniqlandi

Qoraqalpog‘istonda “raqobat to‘g‘risida”gi qonun talablariga zid holatlar aniqlandi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Raqobat qo‘mitasi tomonidan 2024 yilning I-yarim yilligi davomida 11 ta tuman hokimliklarida “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonun talablari yuzasidan jami 15 mingdan ortiq normativ-huquqiy va boshqa turdagi hujjatlar yuzasidan o‘rganishlar olib borildi.

Mazkur o‘rganishlar jarayonida, Amudaryo, Chimboy, Kegayli, Taxtako‘pir, Qorao‘zak, Taxiatosh va Xo‘jayli tuman hokimliklarida 31 ta holatda tovar yoki moliya bozorida faoliyat ko‘rsatayotgan boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarga nisbatan afzal holatga qo‘yadigan imtiyozlar, preferensiyalar, yengilliklar va eksklyuziv huquqlarni asossiz ravishda berish, shartnomalar tuzishda ustunlik berish, sotib oluvchilarning muayyan doirasiga tovarlarni birinchi navbatda realizatsiya qilish va raqobatni cheklashga hamda isteʼmolchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini kamsitilishiga olib keluvchi boshqa turdagi hujjatlar chiqarilishi natijasida “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunning 22-moddasi birinchi qismining 4, 5, 7, 9, 12 va 13 xat boshlari talablari buzilishiga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi.

✔️ Yuqoridagi o‘rganish natijalariga ko‘ra, 7 ta tuman hokimliklarining bayonnoma va chiqish xatlari “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonun talablariga muvofiqlashtirildi hamda qonun buzilish holatlarini bartaraf etish va kelgusida bunday holatga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan taqdimnomalar kiritildi.