Ayrim shaxslarga benzin sotib olish uchun kompensatsiya beriladi

Ayrim shaxslarga benzin sotib olish uchun kompensatsiya beriladi

Qonunchilikka koʻra, avtomobil benzini sotib olish boʻyicha quyidagi shaxslar uchun oylik pul kompensatsiyalari toʻlovlari joriy etilgan:

— urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslar;

— urush faxriylari va ularga tenglashtirilgan shaxslar;

— mehnatda mayib boʻlish va kasb kasalligi tufayli I va II guruh nogironlar;

— I va II guruh bolalikdan nogironlar.

Bunda, kompensatsiya summasining miqdori har chorakda chakana savdodagi avtomobil benzini (chakana savdoda eng koʻp tarqalgan) muayyan markasining oʻrtacha sotish narxidan kelib chiqib, 20 litr avtomobil benzini qiymati miqdorida Idoralararo tarif komissiyasi tomonidan belgilanadi.