Toshkentda 3 ta avtomobil ishtirokida YTH bo‘ldi

Toshkentda 3 ta avtomobil ishtirokida YTH bo‘ldi

Toshkent shahrining Yangihayot tumanida Bestune, Cobalt va Damas rusumli avtomashinalar ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Hodisa soat 21:50 larda Yangihayot tumani Qo‘rg‘ontepa 1-tor  ko‘chasida  sodir bo‘lgan.

YTH oqibatida 3 nafar haydovchiga tez tibbiy yordam xodimlari tomonidan birinchi yordam ko‘rsatilgan va ular shifoxonaga olib ketilgan.

Bildirilishicha, hozirda holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

“Barcha haydovchilardan belgilangan qoidalarga amal qilishlarini hamda oraliq masofani saqlab harakatlanishlarini so‘raymiz”, deyiladi boshqarma xabarida.