Tel-Aviv xalqaro miqyosda qoʻllab-quvvatlanishini davom ettirmoqchi boʻlsa, Gʻazodagi urushni toʻxtatishi kerak — Donald Tramp

Tel-Aviv xalqaro miqyosda qoʻllab-quvvatlanishini davom ettirmoqchi boʻlsa, Gʻazodagi urushni toʻxtatishi kerak — Donald Tramp

Tel-Aviv xalqaro miqyosda qoʻllab-quvvatlanishini davom ettirmoqchi boʻlsa, Isroil zudlik bilan Gʻazo sektoridagi urushni toʻxtatishi kerak.

Bu haqda biznesmen va AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp “Israel Hayom” nashriga bergan intervyusida gapirdi.

“Siz buni qilishingiz kerak (Gʻazo sektorini tozalash boʻyicha operatsiyaning faol bosqichini yakunlang). Isroil juda ehtiyot boʻlishi kerak, chunki [urush tufayli] siz dunyoning koʻp qismini yoʻqotasiz, koʻplab qoʻllab-quvvatlovlarni yoʻqotasiz”, — dedi amerikalik siyosatchi. Shu bilan birga, Tramp Isroilning Falastinning HAMAS radikal guruhiga qarshi mudofaa harakatlarini qoʻllab-quvvatlashini bildirdi.

Avvalroq AQSH Kongressi Vakillar palatasining Respublikachilar partiyasidan aʼzosi Tim Uolberg Michiganlik saylovchilar bilan uchrashuvda Gʻazo sektoriga yadroviy zarba berishga chaqirgan edi. Yigʻilganlarning soʻzlariga koʻra, Uolberg Gʻazo sektorida Isroil bilan mojaroga tezda barham berish uchun “hamma narsa Nagasaki va Xirosimadagidek boʻlishi kerak”, dedi.