Turkiyadagi saylov janjallarga sabab bo‘lmoqda. Qurbonlar bor

Turkiyadagi saylov janjallarga sabab bo‘lmoqda. Qurbonlar bor

Ayni damda Turkiyada bo‘lib o‘tayotgan munitsipal saylovlar paytida odamlar orasida janjal sodir bo‘ldi va oqibatda ikki kishi vafot etdi. Bu haqda «Cumhuriyet» nashri xabar berdi.

Birinchi holatda Diyorbakir viloyati Sur tumanidagi Og‘ochlidara mahallasida sodir bo‘lgan.  Munitsipal saylovlar uchun ovoz berish vaqtida to‘polon boshlangan. Mushtlashuv chog‘ida tosh, tayoq va to‘pponcha ishlatilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida bir kishi – 44 yoshli Emin Chelik hayotdan ko‘z yumgan, 11 kishi jarohatlangan. Yaradorlar shahardagi shifoxonalarga yetkazilgan.