1,1 ming dollar evaziga ingliz tilidan sertifikat olib berishni va’da qilgan firibgar qo‘lga tushdi

1,1 ming dollar evaziga ingliz tilidan sertifikat olib berishni va’da qilgan firibgar qo‘lga tushdi

Surxondaryo viloyat Termiz shahrida ingliz tili bo‘yicha TOEFL sertifikatini olib berishni va’da qilgan firibgar ushlandi. Bu haqda bugun, 30 mart kuni Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma’lum qildi.

Holat Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Surxondaryo viloyat boshqarmasi va Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida Termiz shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda aniqlangan.

Fuqaro M.R boshqa bir fuqaro A.T.ning ishonchiga kirib, unga oliy ta’limning magistratura bosqichiga o‘qishga kirishi uchun TOEFL sertifikatini olib berishni va’da qilib, evaziga 1 100 AQSH dollari va 1,2 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

«Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda», deyiladi xabarda.